Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Xitoy investorlar ishtirokida yirik qayta tiklanuvchi energetika loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida shamol elektr stansiyasi, podstansiya va muhandislik infratuzilmasi qurilmoqda.
Loyiha 70 ta shamol turbinasini o‘rnatishni nazarda tutadi. Ularning umumiy quvvati 500 MW bo‘lib, elektr energiyasi markaziy podstansiya orqali yagona tarmoqqa uzatiladi.


Mazkur loyiha O‘zbekiston Prezidentining yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha davlat strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Engineering Services ushbu obyekt bo‘yicha to‘liq texnik nazoratni olib bormoqda, jumladan loyiha hujjatlari, geodeziya, montaj, payvandlash, elektr tarmoqlari va podstansiya ishlarini nazorat qilmoqda.
Hozirda ishlar faol bosqichda. Ushbu loyiha bo‘yicha yangiliklar muntazam e’lon qilinadi.